Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Euronews» kanali Marg‘ilonga bag‘ishlangan reportajini translyatsiya qilishni boshladi
«Euronews» telekanalida “O‘zbekistondan otkritkalar” dasturi doirasida Marg‘ilon to‘g‘risidagi lavhalar translyatsiyasi boshlandi.
Rolik namoyishi 25 yanvardan 31 yanvargacha davom etadi. Marg‘ilon ipagi mazkur rolikning markaziy mavzusi bo‘ldi, deya xabar qilmoqda “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati.
Mazkur epizod “O‘zbekistondan otkritkalar” ko‘rsatuvidagi to‘rtinchi lavha bo‘ldi. Undan avvalgi reportajlarda Samarqand va Xiva moddiy-madaniy merosi to‘g‘risida so‘z bordi. Keyingi dasturlarda esa Shahrisabz hamda Rishton to‘g‘risidagi reportajlar namoyish etiladi.