Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgar zargar maktab o‘qituvchisining 6.5 mln so‘mini o‘g‘irlab ketdi
Firibgar zargar maktab o‘quvchisining 6.5 mln so‘mini o‘g‘irlab ketdi, deb xabar bermoqda “Ogoh” gazetasida.
Maktabda dars berib kelgan Zarina ismli ayol bir kuni Habibullo ismli erkak bilan tanishib qolgan. O‘zini zargar deb tanishtirgan erkak maxsus katalogda har xil zargarlik buyumlarini ayolga ko‘rsatib, undan buyurtma olgan. Zarina unga 4 789 000 so‘m berib yuborgan.
Oradan 10 kuncha o‘tib, Habibullo Zarinaga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shimcha ravishda yana 1 964 200 so‘m so‘ragan. Bu pullarni ham olgach, o‘rtadan g‘oyib bo‘lgan.
Bir necha oy kutib, nihoyat aldanganini tushungan ayol 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan. O‘tkazilgan surishtiruv natijasida qallob topilgan va javobgarlikka tortilgan.