Jahon | 09:41 / 26.01.2016
3937
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton AQSh prezidenti lavozimida harbiy harakatlardan qochishga va'da berdi

AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 25 yanvar kuni saylovchilar bilan muloqot qilar ekan, prezidentlikka saylangan taqdirda, harbiy harakatlardan qochish va diplomatiyadan foydalanishga va'da berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

“O‘ylaymanki, har bir prezident va albatta men ham, harbiy harakatlardan qochish uchun barcha ishlarni qilishimiz kerak”, - dedi u CNN telekanali tashkil etgan tadbirda Ayova shtati fuqarosi savoliga javob berar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari, garchi natijaga erishish jarayoni sekin, zerikarli va murakkab bo‘lgani bilan, diplomatiya yo‘lidan borishi lozim. Bundan tashqari, Klinton Amerikaning butun dunyodagi da'volarini himoya qilish uchun bor imkoniyatlardan foydalanishini ham aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish