Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:48 / 26.01.2016
9509
1 daqiqa o‘qiladi
Lavrov: IShID jangarilari Gruziyada mashg‘ulotlar o‘tkazishadi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonotida aytilishicha, IShID jangarilari Gruziyaning shimolidagi Pankiss darasidan mashg‘ulotlar o‘tkazishda foydalanishmoqda.
"Bizga IShID jangarilari bu hududdan tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazishda, dam olishda va zaxiralarni to‘ldirishda foydalanayotgani haqida ma'lumot kelib tushgan", deydi Lavrov.
U Pankiss darasidan Rossiyaga terrorchilik tahdidi mavjud bo‘lmasada, bu vaziyat tufayli Rossiya Gruziya bilan viza rejimini qat'iylashtirishini ma'lum qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish