Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG kompaniyasi joriy yilda ikkita flagman smartfonini chiqaradi
LG Electronics kompaniyasi 2015 yil va o‘tgan chorak uchun moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobot berdi. Bir yil ichida kompaniya 59,7 mln ta smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi, bu ko‘rsatkich 2014 yildagidan 600 mingtaga ko‘proq bo‘lgan. Yilning faqatgina 1-choragida daromad qayd qilingan, yilning oxiriga kelib kompaniya ziyon ko‘ra boshlagan.
LG Electronics’ning 2015 yil 4-choragidagi umumiy tushumi 48,8 mlrd dollarni tashkil qilgan, bundan kompaniyaning mobil qurilmalar bo‘limiga 3,26 mlrd dollar to‘g‘ri kelgan. Yil natijalariga ko‘ra, kompaniyaning operatsion daromadi 1,03 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniya 4-chorakda smartfonlar savdosining o‘zidan 35 mln dollar yo‘qotgan.
Kompaniya 2016 yilda ikkita flagman smartfonini (G5 va V20) hamda bir nechta hamyonbop qurilmalar ishlab chiqarishni rejalashtirgan.