Jahon | 09:27 / 26.01.2016
3070
3 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘smir mahbuslarni bir kishilik kameralarda saqlashni taqiqladi

AQSh prezidenti Barak Obama The Washington Post nashrida 25 yanvarda chop etilgan maqolada og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni amalga oshirgan voyaga yetmaganlar mahbuslarni bir kishilik kameralarda saqlashni taqiqlash haqidagi qarori haqida ma'lum qildi. Obamaning fikricha, bunday usullarning federal qamoqxonalarda qo‘llanishi o‘smirlarga og‘ir ma'naviy jarohatlar yetkazadi.

“Adliya vazirligi o‘z tahlilini yakunladi va men uning federal turmalar tizimini isloh qilish bo‘yicha taklif qilgan tavsiyalarini qabul qilaman. Bu og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni amalga oshirgan voyaga yetmaganlar mahbuslarni bir kishilik kameralarda saqlashni taqiqlash, ruhiy nosog‘lom bo‘lgan mahbuslarga tibbiy yordam ko‘rsatishni kengaytirish va mahbuslar bir kishilik kameralardan tashqarida o‘tkazadigan vaqtlarini oshirishni o‘z ichiga oladi”, deyilmoqda maqolada. Obamaning bu qarori taxminan 10 ming o‘smir mahbuslarga ta'sir qilishi mumkin.

Obama, shuningdek, yoshlarning qamoqda bir o‘zlarining saqlanishi ularga jamiyatning to‘laqonli a'zolariga aylanishlariga imkon bermasligini, “bu odamlarning hayotlarini xavfsizroq qilmasligini” ta'kidlab o‘tdi. U bunga misol tariqasida 2010 yilda 16 yoshida ryukzakni o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib hisbga olingan Kalif Brouder voqeasini keltirib o‘tdi. O‘smir bir kishilik kameraga jo‘natilgan, bundan tashqari, boshqa mahbuslar va qo‘riqchilar tomonidan zo‘ravonliklarga uchragan. 2013 yilda Brouder ozodlikka chiqarilgan. U kollejning 1-kursini bitirgan, biroq o‘tgan shanba kuni o‘z joniga qasd qilgan.

“AQShdagi turmalarda bir kishilik kameralarda 100 ming kishi, jumladan ruhiy kasalliklarga ega balog‘atga yetmaganlar ham saqlanadi”, deb ta'kidlab o‘tdi Obama.

U o‘z maqolasida mahalliy axloq-tuzatish muassasalari bunday amaliyotdan voz kechishlariga umid bildirib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish