Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Tramp va Makkeynni qiyoslab ko‘rdi
AQSh prezidenti Barak Obama ushbu lavozimga nomzod Donald Tramp o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarda salbiy munosabat uyg‘ota boshlaganini ta'kidladi, shuningdek, uni 2008 yilda respublikachilar tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan Jon Makkeyn bilan qiyoslab ko‘rdi.
“Jon Makkeyn iqlim o‘zgarishini inkor qilmagandi, - uning so‘zlarini keltiradi The Hill nashri. – Jon Makkeyn musulmonlarning mamlakatga kirishini taqiqlashga chaqirmagan edi. Bilasizki, u konservator edi, ammo nafaqat Respublikachilar partiyasi kursi, balki bizning siyosiy dialogimiz ichida ham turardi”.