Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda ekstremizm va terrorchilik uchun 14 yoshli fuqarolar ham jazolanishi mumkin
Qirg‘izistonda 14 yoshdan katta barcha ekstremizm va terrorchilikka aloqador fuqarolarni jazolash bo‘yicha huquqiy me'yor joriy etilishi taklifi ilgari surildi. Tegishli qonun loyihasi Jo‘qorg‘i Kengash deputati Qiyonbek Sotiboldiyev tomonidan muhokamaga kiritildi.
“Ekstremistik mundarijadagi materiallarni tarqatayotgan yoki Suriyaga chiqib ketgan shaxslar orasida 14-15 yoshli voyaga yetmaganlar ko‘p, Jinoyat kodeksining 18-moddasidagi cheklovlar tufayli ularni javobgarlikka tortib bo‘lmaydi, - tushuntiradi deputat. – Diniy ekstremizm va terrorchilik Qirg‘iziston uchun keng miqyosli tahdid bo‘lib qolmoqda. Unga qarshi kurashning yo‘llaridan biri voyaga yetmaganlarni ham javobgarlikka tortish choralarini ishlab chiqishdir”.
Agarda Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritilsa, 14 yoshga to‘lgan har qanday fuqaro, bunday faoliyatga aloqador bo‘lgan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortiladi.