Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qochqinlarning Avstriyada qolish muddati 3 yil qilib belgilandi
Avstriyaga yetib kelgan muhojirlar uch yildan keyin ham mamlakatda qolishlari uchun asos taqdim etishlari lozim. Bunday qaror Avstriya vazirlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.
Mazkur qaror 2015 yil 15 noyabridan keyin ariza taqdim etgan barcha qochqinlarga taalluqli. Avstriya hukumati mamlakatdagi boshpana qidiruvchilarga oid vaziyatni tekshirib, deportatsiya qilish yoki maqom muddatini uzaytirish bo‘yicha tegishli qarorni chiqaradi.
Parlament mazkur loyihani 2016 yil 2 apreliga qadar ko‘rib chiqishi kutilmoqda.