Jamiyat | 20:15 / 26.01.2016
5771
1 daqiqa o‘qiladi

Parrandachilik fabrikasi direktori mashinasining sotilish e'lonlarini tuxumlarga joylashtirdi

Rossiyada noma'lum parrandachilik fabrikasi direktori mashinasining sotilish e'lonlarini tuxumlarga joylashtirdi. Bu haqda “Miasskiy rabochiy” nashri Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qildi.

“Parrandachilik fabrikasi direktori mashina sotmoqchi. Dunyo hali bunday adad va formatda reklamani ko‘rmagan”, - deyiladi xabarnomada.

Fabrikada chiqarilgan har bir tuxumda “Pejo sotaman” deb yozilgan hamda mashina egasining raqami ilova qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish