Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Nyu-Yorkda virtual reallik kinostudiyasini ochadi
“Sandens” kinofestivalida Samsung kompaniyasi virtual reallik kinostudiyasini ochish haqidagi rejalarini ma'lum qildi. Bu haqda CNET xabar bermoqda.
Kompaniya yangi loyiha qanday bosqichda turganini ma'lum qilmadi, biroq shunisi ma'lumki, kinostudiya Samsung’ning Nyu-Yorkdagi ofislaridan biridan joy oladi.
Samsung, shuningdek, kinofestival tashkilotchisi “Sandens” instituti bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Kompaniya institut bilan birgalikda yangi formatdagi kinosanoatda ishlay oladigan yangi iqtidorlarni tarbiyalashni rejalashtirmoqda.