Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada 2ta portlash sodir etilishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Suriyaning markaziy qismidagi Homs shahrida 2 marta portlash sodir bo‘lishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda suriyalik ko‘ngilli askarlar orasidagi manbasiga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
"Terrorchilar az-Zahro mavzesidagi Sittin ko‘chasida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirishdi. Bu portlash tufayli jarohat olganlarga yordam ko‘rsatilishi boshlangan vaqtda terrorchi o‘zini portlatdi", deydi manba.
Uning qayd etishicha, bu terakt tufayli kamida 100dan ortiq kishi jarohatlangan.
Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.