Jahon | 15:56 / 26.01.2016
17161
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyadan qaytib kelgan jangari Rossiyada teraktlar tayyorlanayotganini gapirib berdi

Suriyadan qaytib kelishi bilan Rossiya hududida qo‘lga olingan jangarilardan biri tergov bilan kelishuvga borib, Federal xavfsizlik xizmati xodimlariga o‘nlab sheriklarining nomini aytdi. “Kommersant'” nashrining keltirishicha, ular orasida Rossiya hududida terakt tayyorlayotganlari ham borligi aniqlangan.

“Jaysh al-Muhojiriyn val-Ansor” harakatining a'zosi bo‘lgan Islombek ismli jangari o‘z ko‘rsatmalarida Suriyadagi qarorgohda 1.5 ming rossiyalik jangarini ko‘rganini e'tirof etmoqda. Uning o‘zi, ishontirib aytishicha, harbiy harakatlarda ishtirok etmagan va faqat oziq-ovqat mahsulotlari tashish bilan shug‘ullangan va qarorgoh qorovulida navbatchilik qilgan. Navbatchiliklardan birida u oyog‘idan yaralangan va davolanish uchun Rossiyaga yuborilgan. Bu yerda u maxsus xizmatlar tomonidan qo‘lga olingan.

Nomlari fosh qilingan maxfiy agentlar orasida Kabardin-Bolqor davlat universiteti yuridik fakulteti bitiruvchisi Rashid Yevloyev bor. Islombek Yevloyevni jangarilar ichida ko‘rganini aytmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish