Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:57 / 26.01.2016
3702
1 daqiqa o‘qiladi
Tolibon jangarisining hujumi oqibatida 10 nafar afg‘on politsiyachisi halok bo‘ldi
Afg‘oniston politsiyasi strukturasiga kirib olgan Tolibon harakati diversantining qo‘lidan kamida 10 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, dushanba kuni jangari Uruzgon viloyatidagi blokpostga hujum qilishgan.
Bir hafta muqaddam o‘xshash voqea Kobuldan 400 km naridagi Deh Rovud qishlog‘ida ham sodir bo‘lgan. O‘shanda soxta politsiyachi 9 nafar huquq-tartibot xodimini o‘ldirgan edi.