O‘zbekiston | 19:10 / 26.01.2016
3795
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda velosipedlar uchun mo‘ljallangan yo‘lkalar paydo bo‘ladi

Yaqin orada Toshkent ko‘chalarida velosipedlar uchun mo‘ljallangan yo‘lkalar paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) vakiliga iqtibos keltirgan holda Uzbekistan Today nashri.

YHXBB bunday taklifni tuman hokimiyatlariga jo‘natdi. Bu loyihaning moliyalashtirilishi YHXBB mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Manbaning ta'kidlashicha, moliyalashtirish bilan muammolar bo‘lmaydi.

“Velosipedchilar yo‘lovchilar va haydovchilar bilan bir qatorda yo‘l harakati ishtirokchilari hisoblanishadi, shuning uchun biz shunday taklif bilan chiqdik. Hozirda hokimiyatlar loyihalash institutlari bilan birgalikda rivojlangan davlatlarning bu yo‘nalishdagi tajribasini o‘rganmoqdalar”, deb aytdi boshqarma vakili.

Veloyo‘lkalar O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham paydo bo‘lishi mumkin. Veloyo‘lkalarning Toshkentda paydo bo‘lishining aniq muddatlari aytilmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish