Jahon | 21:02 / 26.01.2016
2413
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada sifatsiz harbiy mahsulotlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Ukraina Oliy Radasi qabul qilgan yangi qonunga ko‘ra, sifatsiz harbiy mahsulotlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda Rada saytida ma'lum qilindi.

Kiritilgan o‘zgartishga binoan, endilikda harbiy sohada ishlar, xizmatlar va mahsulotlarni tayyorlash, ishlab chiqish, foydalanishga topshirish va ega bo‘lish Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid tug‘dirgan taqdirda javobgarlikka tortiladi.

Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan mas'ul shaxslar 8 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Qo‘l urgan jinoyati og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda, 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish