Jahon | 13:44 / 26.01.2016
3407
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Afg‘onistonning ShHTga to‘laqonli a'zo bo‘lish haqidagi talabnomasini qo‘llab-quvvatladi

Xitoy Afg‘onistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga to‘laqonli a'zo bo‘lish haqidagi talabnomasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda XXR TIV rahbari Van I afg‘onistonlik hamkasbi Salohuddin Rabboniy bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Afg‘oniston yaqin vaqt ichida Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a'zosiga aylanish, shuningdek, Osiyo infrastruktur investitsiyalar bankiga qo‘shilish niyatini bildirdi. Xitoy bu urinishlarni muhim deb hisoblaydi va qo‘llab-quvvatlaydi”, - dedi vazir.
Rabboniy, o‘z navbatida, Xitoyga ushbu masaladagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirdi.