Jamiyat | 12:15 / 26.01.2016
3925
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodlik erkak qarindoshining uyidan 35 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

Yunusobodlik erkak qarindoshining uyidan 35 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Furqat ismli erkak o‘ziga qarindoshi bo‘lgan Dildorani kuzatib yurgan, jumladan, eri qachon uydan chiqib ketishin va qachon qaytishini aniqlangan.

Bir kuni u mehmonga kelganday Dildoraning uyiga tashrif buyurib, eshik taqillatgan.

Ammo ayol eshikni ochishi bilan erkak qarindoshiga tashlanib, uni ayovsiz kaltaklagan, so‘ng qiymati 35 mln so‘m bo‘lgan 16 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

Dildoraning arizasi bo‘yicha olib borilgan tezkor tadbirda jinoyatchi qo‘lga olingan.