Jahon | 08:04 / 27.01.2016
3567
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonning tog‘li hududida 5,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi

Afg‘onistonning shimoli-sharqida, Tojikiston bilan chegara yaqinida, tog‘li hududda 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati saytida xabar qildi.

Yerosti silkinishlarining o‘chog‘i Farxor shahridan shimolda, 20 km masofada bo‘lgan. Yana bir aholisi 200 ming kishidan ortiq bo‘lgan Talukan shahri bu hududdan 28 km masofada. O‘z navbatida zilzila markazi mamlakat poytaxti Dushanbedan 218 km uzoqlikda. Zilzila chuqurligi 308 km ni tashkil etgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot kelib tushmagan.