Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qor bo‘ronlari sababli halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi
AQShda qor bo‘ronlari sababli hayotdan ko‘z yumganlar soni 48 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.
Barcha o‘lim holatlari yo‘l-transport hodisalari, is gazidan zaharlanish hamda qor kurash vaqtida yuzaga kelgan infarkt sababli sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar AQShning Vashington, Delaver, Kentukki, Merilend, Nyu-Jyersi, Nyu-York, Shimoliy va Janubiy Karolina, Ogayo, Pensilvaniya, Tennessi va Virginiya shtatlarida aniqlandi.
Mamlakatda 22 yanvardan boshlangan noqulay ob-havo yo‘lida 90 million amerikalik istiqomat qiladi. 11 shtat hukumati shu munosabat bilan favqulodda holat e'lon qildi. Ko‘plab yirik shaharlarda transport aloqasiga cheklovlar joriy etildi, aholidan ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, qor bo‘ronlari natijasida ayrim hududlarda qorning balandligi 70 santimetrgacha yetib, 200 ming xonadon elektr ta'minotisiz qolmoqda.