Jamiyat | 17:50 / 27.01.2016
1981
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada Zika virusiga chalinish holati qayd etildi

Argentina Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat hududida Zika virusiga chalingan ilk odam haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda Infobae xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, bu xastalikka chalingan bemor asli kolumbiyalik, lekin ancha vaqtdan buyon Buenos-Ayresda yashaydigan shaxs hisoblanadi.

Bundan oldinroq, AQShda Zika virusiga chalinish holati qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Zika kuchli tana harorati, kon'yunktivit (ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi), bosh va bo‘g‘inlar og‘rig‘i, yallig‘lanish jarayonlari, alohida holatlarda esa ko‘ngil behuzur bo‘lishi va qayt qilish, oshqozonda buzilish va og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Kasallikni asosan Aedes aegypti pashshalari tarqatadi. Ayni paytda Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Tinch okeani mintaqasi davlatlarida keng tarqalmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish