Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bravo: "Real Sosedad"da birga o‘ynagan vaqtimizda Grizmanning qulog‘idan tortib to‘g‘ri yo‘lga solganman
"Barselona" jamoasi darvozaboni Klaudio Bravoning hisoblashicha, fransiyalik yosh hujumchi, ayni vaqtda "Atletiko" safida to‘p surayotgan Antuan Grizmann kataloniyaliklar tarkibidan joy olish uchun munosib futbolchi. Bu darvozabon Grizmann bilan bir necha yil oldin Ispaniyaning boshqa bir jamoasi "Real Sosedad" safida birga o‘ynaganini eslab o‘tdi.
"Grizmann meni o‘z o‘yini bilan hayron qoldirardi. U bilan bir jamoada ekanimizda menikiga kelib turardi, unga o‘z tajribamdan kelib chiqqan holda maslahatlar berardim. Gohida u yo‘ldan og‘a boshlaganini sezsam, uning qulog‘idan tortib, to‘g‘ri yo‘lga solganman ham. Keyin u o‘z ustida yaxshi ishlashda davom etdi va bugungi kunga kelib dunyo darajasidagi futbolchiga aylandi. Grizmanning saviyasi unga "Barselona"da o‘ynab ketishga imkon beradi", deydi kolumbiyalik darvozabon Movistar+ nashriga.