O‘zbekiston | 15:20 / 27.01.2016
4531
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Qoraqalpog‘istonda sement zavodini quradi

Buyuk Britaniyaning Chief Corporate Solutions LP kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi sement zavodini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi iqtisodiyot vazirligiga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

Zavod qurilishi loyihasi 2016 yilgi investitsion dasturga kiritildi. “Qoraqalpog‘iston O‘zbekistonning eng shimoliy mintaqasidir, - deydi agentlik suhbatdoshi. – Eng yaqindagi sement zavodlari ham ancha uzoqda joylashgan, shu bois uni transportirovka qilish mahsulot narxiga ta'sir qiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston eksport bozorlari, birinchi navbatda Qozog‘iston, Rossiya va Turkmanistonga chiqish uchun istiqbolli hudud hisoblanadi”.

Zavod loyihasining joriy qiymati 17 mln dollarga baholanmoqda. Birinchi bosqichda u yiliga 400 ming tonna sement ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish