Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik aktyor Jozef Fayns qo‘shiqchi Maykl Jyekson obrazini ijro etadi
Britaniyalik aktyor, «Shakespeare in love» filmi orqali mashhur bo‘lgan Jozef Faynsamerikalik qo‘shiqchi Maykl Jyekson obrazini ijro etadi. Bu haqda Billboard nashri xabar tarqatdi.
Mazkur televizion kartinani suratga olish bilan Sky Arts telekanali shug‘ullanadi.
Syujyetga ko‘ra, Jyekson aktyorlar Marlon Brando va Elizabet Teylor bilan birgalikda 2001 yil 11 sentabr voqealaridan keyin Nyu-Yorkni tark etishadi. Artistlar mashinani ijaraga olishadi va yo‘lga tushishadi. Film voqealari 2011 yilda Vanity Fair nashrida chiqqan maqola asosiga qurilgan.
«Stsenariyni qo‘lga oldim. Bu chorlov. Bu komediya. Bu juda quvnoq, yengil sarguzasht bo‘ladi», – deya Faynsdan iqtibos keltiradi The Huffington Post.