Jamiyat | 16:08 / 27.01.2016
2457
2 daqiqa o‘qiladi

Disney rahbari «Yulduzlar jangi»ning davomlari ham chiqishiga va'da berdi

Disney kinostudiyasi rahbari Bob Aygerning ta'kidlashicha, «Yulduzlar jangi» va quvnoq qahramon Marvel haqidagi filmlar chiqishda davom etadi. Bu haqda ComingSoon nashri xabar tarqatdi.

Hozirgi vaqtda «Yulduzlar jangi» filmining sakkizinchi va to‘qqizinchi epizodlarini suratga olish borasida turli bosqichlarda ishlar olib borilmoqda.

«Oxirgi filmdan keyin endi bu borada yana ko‘payish bo‘ladi. Qanchalik ko‘p va qanchalik tez-tez muddatlarda bo‘lishini esa bilmayman», – deydi Ayger.

Disney rahbari Marvel qahramoni haqida to‘xtala turib, «Bu asar esa abadiy davom etadi», – deya ta'kidladi.

Aygerning so‘zlariga ko‘ra, u tomoshabinlar filmlarning sonidan charchab qolgan deb hisoblamaydi. «O‘ylashimcha, biz plankani yuqori qo‘yishda davom etishimiz kerak», – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Yulduzlar jangi» filmining sakkizinchi qismi 2017 yilda chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish