Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA «Chelsi»ga nisbatan ham transferlar bo‘yicha taqiq qo‘llashi mumkin
«Chelsi» klubi ham voyaga yetmagan futbolchilarni yoshlar jamoalarida o‘ynatgani uchun FIFA tomonidan jazoga tortilishi mumkin.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachi Bertran Traore londonliklar safiga 2014 yilgi qishki transfer muddatining birinchi kunida qo‘shilgandi.
Biroq futbolchi avvalroq futbolchi «Chelsi» va «Arsenal» yoshlar jamoalari o‘rtasida uchrashuvda maydonga tushgani aniqlangan. U Press Association agentligining suratlarida va «Arsenal» rasmiy saytidagi hisobotda aks ettirilgan. O‘yin 2011 yilning kuz oyida o‘tkazilgan va burkina-fasolik futbolchi o‘sha paytda 16 yoshda bo‘lgan.
FIFA vakili mazkur holatga rasman izoh berishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA «Real» va «Atletiko» jamoalariga nisbatan jami 51 nafar voyaga yetmagan futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgani uchun transfer taqiqini qo‘llagandi.
Qayd etish kerakki, 2009 yilda ham «Chelsi» «Lans» jamoasining voyaga yetmagan futbolchisi Gael Kakutani transfer qilgani uchun jazolangandi.