Sport | 09:13 / 27.01.2016
3752
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: "Bavariya"dan ketishimga sabab, menga "yangi dushmanlar" kerak

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunida jamoadan ketishga qaror qilgani bo‘yicha savollarga yana bir bor javob berib o‘tdi. Ispaniyalik ushbu mutaxassisning qayd etishicha, unga yangi chorlovlar kerak.

"2-3 yilda men bu yerda qo‘limdan keladigan barcha ishni qildim. Mening yanada yuksalishim uchun yangi raqiblar, yangi chaqiriqlar va yangi tanqidlar kerak. Har doim yangi sinovlardan o‘tib turish lozim.

Menga har bir o‘yindan oldin ma'lum bir futbolchini alohida tayyorlash va uni namoyish qilish yoqadi", - deydi Gvardiola.

Qayd etish kerakki, Gvardiola yangi mavsumni ingliz jamoalaridan birida o‘tkazishi oydinlashgan. "Bavariya" boshqaruviga esa uning o‘rniga Karlo Anchelotti keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish