Jahon | 09:13 / 27.01.2016
2420
1 daqiqa o‘qiladi

Hisobot: 2020 yilda Xitoy AESlarining umumiy quvvati 58 GVtga yetadi

Xitoydagi atom elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2020 yilga borib 58 GVtga yetadi. Kelajakda bu ko‘rsatkich yana 30 GVtga oshadi. Bu haqda atom energetikasi bo‘yicha Oq kitobi ma'lumotlariga asoslanib TASS xabar bermoqda.

“Erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramasdan, Xitoy AESlardan foydalanishda xavfsizlikni ta'minlash tizimlarini takomillashtirish ustida olib borilayotgan ishlarni davom ettirishi lozim”, - deyiladi kitobda.

“Xitoyning favqulodda holatlarga tayyorgarligi” deb nomlangan hujjatda ma'lum qilinishicha, XXRdagi 27ta atom elektr stansiyasining umumiy quvvati 2015 yil oktabr oyi oxiri holatida 25,5 GVtga yetdi.

2014 yil so‘ngida esa bu ko‘rsatkich 20,3 GVtga teng bo‘lgan. Bu mamlakatdagi barcha energiya ishlab chiqaruvchilar quvvatining 1,49 foiziga teng demakdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish