Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 08:41 / 27.01.2016
3989
1 daqiqa o‘qiladi
London-Bayrut yo‘nalishida uchayotgan samolyot yo‘lovchilar o‘rtasidagi mushtlashuv tufayli Sofiyaga qo‘ndi
Airbus yo‘lovchi samolyoti Londondan Livan poytaxti Bayrutga parvozni amalga oshirish vaqtida Bolgariyaga qo‘ndi. Actualno portali xabariga ko‘ra bunga samolyot bortida yuz bergan mushtlashuv sabab bo‘lgan.
Manbaning yozishicha, mushtlashuv ikki yo‘lovchi o‘rtasida ro‘y bergan.
Samolyot Bolgariya poytaxti Sofiyadagi aeroportga qo‘ngach, qoidabuzarlar politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Shundan so‘ng parvoz davom ettirilgan.