O‘zbekiston | 16:46 / 27.01.2016
11519
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston korrupsiya indeksida 153-o‘rinni egalladi

Transparency International xalqaro aksilkorrupsiya tashkiloti 2015 yil uchun Corruption Perception Index korrupsiya reytingini e'lon qildi.

O‘zbekiston ushbu indeksda o‘rnini biroz yaxshilab, 19 ball to‘pladi (o‘tgan yilgi ko‘rsatkich – 18 ball), 168 davlat ichida 153-o‘rinni egalladi (2014 yilgi ko‘rsatkich – 175 davlat ichida 166-o‘rin). 0 balldan (juda yuqori darajadagi korrupsiya) 100 ballgacha (juda past darajadagi korrupsiya) bo‘lgan shkala bo‘yicha baholash reytingidan iborat korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektoridagi korrupsiya haqida ekspertlar bergan baholarga asoslanadi.

Ikki yildan buyon reytingda birinchilik Daniyaga tegishli bo‘lib qolmoqda (91 ball). Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Finlyandiya (90), Shvetsiya (89), Yangi Zelandiya (88), Niderlandiya (87), Norvegiya (87), Shveytsariya (86), Singapur (85), Kanada (83) va Germaniya (81) kirdi. Oxirgi o‘rinni Shimoliy Koreya va Somali bo‘lishib oldi (8 balldan). Sobiq Ittifoqning boshqa davlatlari quyidagicha natijalar ko‘rsatdi: Estoniya — 23-o‘rin (70 ball), Litva — 32 (61), Latviya — 40 (55), Gruziya — 48 (52), Armaniston — 95 (35), Moldova — 103 (33), Belarus — 107 (32), Ozarbayjon va Rossiya — 119 (29), Qozog‘iston va Qirg‘iziston — 123 (28), Ukraina — 130 (27), Tojikiston — 136 (26), Turkmaniston — 154 (18).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish