Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Bolgariya elchixonasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2015 yilning 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Bolgariya elchixonasining Birinchi kotibi Dragnev Krasimir Yordanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashrifning maqsadi: davlat aktivlarini xususiylashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi holati to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilishdan iborat hisoblanadi.
Uchrashuv davomida Dragnev Krasimir Yordanovga Qo‘mita faoliyati to‘g‘risida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-sonli va 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son "Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida:
- xususiylashtirish jarayonida davlat aktivlari strategik xorijiy investorlarga sotilishi mo‘ljallangan yirik korxonalar to‘g‘risida Bolgariya Respublikasida faoliyat yuritayotgan salohiyatli investorlarni xabardor qilish;
- “Toshkent” RFB qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolarini o‘tkazish qoidalari va davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibi;
- O‘zbekiston Respublikasidagi aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy kapitalni jalb qilish va xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlar va shu kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha yaqindan hamkorlikni amalga oshirish kelishib olindi.