Jahon | 14:45 / 27.01.2016
2962
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar TIVning yangi rahbari tayinlandi

Qatar amiri mamlakat tashqi ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinladi. Bu haqda mahalliy nashrlar ma'lumotiga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, endilikda shayx Muhammad bin Abdulrahmon al-Toni Qatarning yangi TIV rahbari hisoblanadi.

U Xolid al-Attiyaning o‘rnini egallagan. Al-Attiya esa mamlakat mudofaa vaziriga aylangan.

Qatarning Moliya va Energetika vazirliklariga bu o‘zgarishlar ta'sir ko‘rsatmagan.