Jahon | 11:21 / 27.01.2016
4775
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda savdo solig‘i bekor qilindi

2016 yilning 1 iyulidan Qirg‘izistonda savdo solig‘i bekor qilinishi to‘g‘risidagi qonunga kuchga kiradi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Orzibek Qo‘joshev seshanba kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida xabar berdi.

“Bu hukumat tomonidan davlatda iqtisodiy tushkunlik kelib chiqmasligi uchun qilindi,- dedi vazir. – Fiskal sohada biz yanada liberal qadamlarni tashladik – savdo solig‘i bosqichma-bosqich bekor qilinishi bilan soliq yuki kamaytirildi, ya'ni, QQSga tortiladigan tovarlar, ishlar, xizmatlar realizatsiyasida savdo solig‘i 2016 yilning 1 iyulidan e'tiboran bekor qilindi, faqat mobil aloqa xizmati bundan mustasno”.2016 yilning 1 yanvarida eksport yetkazmalari uchun soliq bekor qilingan edi.