Jamiyat | 10:08 / 27.01.2016
2779
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston fuqarosi Rossiyada keksa juftlikni tunab, qotillikka qo‘l urdi

Valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullangan 67 yoshli Rossiya fuqarosinining o‘limida ayblangan 38 yoshli qozog‘istonlik 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Altai-krai.sledcom.ru ma'lumotiga ko‘ra, Slavgorod shahrida yashagan 67 yoshli fuqaro qozog‘istonlik Tyulyumbayev bilan tanishib qoladi. 2014 yil oktabrida qozog‘istonlik unga qo‘ng‘iroq qilib, yarim million rublni almashtirish kerakligini aytadi. Qurbon o‘z uyida uchrashuv belgilaydi.

Tyulyumbayev o‘z jinoyatini amalga oshirishda Novosibirsk viloyatida yashovchi tanishi Rukosuyevdan yordam so‘raydi. 2014 yil 30 okyatbr tunida jinoyatchilar qurbonning uyiga borib, xonadon xo‘jayini hamda uning 60 yoshli turmush o‘rtog‘ini o‘ldiradi va 500 ming rubl pulini olib, hodisa joyidan yashirinishadi.

Jinoyatchilar oradan ikki kun o‘tib qo‘lga olinadi. Ma'lum bo‘lishicha, Tyulyumbayev bir qator firibgarlik jinoyatlarini amalga oshirgan holda xalqaro qidiruvga berilgan ekan.

Sud hukmi bilan Tyulyumbayev 19 yilga qamoq jazosiga mahkum etildi. 21 yoshli Rukosuyev ham jinoyatga sheriklik qilgani va uni yashirgani uchun aybdor deb topildi. Biroq amnistiya akti bilan ozodlikka chiqarildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish