Jahon | 08:57 / 27.01.2016
2721
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni va Qatarning BMTdagi diplomatik missiyalari shubhali buyum tufayli evakuatsiya qilindi

Nyu-York shahrining Manxetten avenyusida joylashgan, Saudiya Arabistoni va Qatarning BMTdagi diplomatik missiyalari ofislari shubhali buyum tufayli evakuatsiya qilindi.

"Hududda shubhali paket aniqlandi. Lekin hozir barchasi joyida. Missiya odatdagi tartibda ishlashni davom ettirmoqda", deyiladi TASS xabarida.

BMTning bosh ofisi ro‘parasidagi bu bino 1 soat davomida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Bu vaqtda hududga jurnalistlar "bostirib kelishgan".