Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirligida bir qator davlatlarning elchilari bilan mintaqaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi
Bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bir qator davlatlarning elchilari hamda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari qabul qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikda Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Naythart Hofer, Fransiya Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Vissing Jak-Anri Els, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Muvaqqat ishlar vakili Fiona Makston bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida mintaqaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.