Jahon | 15:03 / 27.01.2016
3427
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp navbatdagi teledebatda ishtirok etishdan bosh tortdi

AQSh prezidentligi uchun saylovda demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp 28 yanvar kuniga belgilangan Fox News telekanalida o‘tkaziladigan teledebatda ishtirok etmoqchi emas. Bu haqda uning o‘zi Ayova shtatidagi safari vaqtida ma'lum qilgan.

The Washington Post gazetasida yozilishicha, Tramp Ayovada qoladi va iste'fodagi harbiy xizmatchilar hamda boshqa faxriylar bilan uchrashuvlarda qatnashadi.

"Men katta ehtimol bilan navbatdagi teledebatda ishtirok etmayman. Men Ayovada qolib, boshqa ishlar bilan shug‘ullanmoqchiman", degan Tramp.

Trampning saylovoldi kampaniyasi menejyeri Kori Levandovski ham "uning Fox News telekanalidagi debatda qatnashmasligiga arzigulik sabablar borligi"ni tasdiqlagan.

Levandovskining aniqlik kiritishicha, Tramp faqat Fox News debatini o‘tkazib yuboradi, keyingilarida muntazam qatnashadi.

AQSh prezidentligiga nomzod respublikachilar teledebatlarining birinchisi Klivlendda (Ogayo shtati)2015 yilning 8 avgustida o‘tkazilgan, CNN orqali translyatsiya qilingan debatni 24 mln tomoshabin kuzatgandi va bu shu kabi tadbirlar tarixida eng katta auditoriyani to‘plagan holda rekord o‘rnatgandi.

Birinchi debat yakuniga ko‘ra ko‘pchilik aynan Trampning g‘olib chiqishini aytishgandi.

AQShning yangi prezidenti uchun saylov 2016 yilning 8 noyabriga belgilangan.