Sport | 08:36 / 28.01.2016
3377
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya liga kubogi. Finalda «Manchester Siti» «Liverpul» bilan o‘ynaydi

27 yanvar oqshomida Angliya Liga kubogining ikkinchi finalchisi ham aniqlandi. Yarim finalda «Everton»ni qabul qilgan «Manchester Siti» 3:1 hisobida g‘alaba qildi.

O‘yinda dastlab, 18 daqiqada Barkli hisobni ochdi. 6 daqiqadan keyin mezbonlar vakili Fernandino hisobni tenglashtirdi. Birinchi o‘yinda mersisaydliklar 2:1 hisobida g‘alaba qilishgandi va bu o‘yinda "shaharliklar"ni faqat 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qilish qanoatlantirardi. «Manchester Siti» futbolchilari bu vazifani uddalashdi. Ikkinchi taymda o‘yinga qo‘shilgan Kevin de Bryuyne vaziyatni hal qildi. U dastlab 70 daqiqada gol urdi, 76 daqiqada Agueroni golli pas bilan ta'minladi - 3:1.

26 yanvar kuni «Liverpul» penaltilar seriyasi orqali «Stok Siti»ni yengib, finalga chiqqandi.

Manchester Siti – Everton 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 18 Barkli, 1:1 – 24 Fernandino, 2:1 – 70 de Bryuyne, 3:1 – 76 Aguero.
Manchester Siti – Kabalero, Otamendi, Klishi, Sabaleta, Demichelis, Fernandino, Delf (Navas, 46), Ture (de Bryuyne, 66), Silva (Fernando, 80), Sterling, Aguero.
Everton – Robles, Jagelka, Beyns, Stounz (Koulmen, 77), Funes Mori, Barkli, Berri, Osman (Makkarti, 60), Kleverli, Deulofeu (Kone, 60), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Kleverli (84), Otamendi (85), Beyns (89).
Birinchi o‘yin: 1:2