Texnologiya | 20:03 / 28.01.2016
2414
2 daqiqa o‘qiladi

Apple mart oyida iPad Air 3 planshetini namoyish qiladi

Joriy yilning mart oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilishi kutilayotgan taqdimotda Apple kompaniyasi nafaqat 4 dyuymli ekranli iPhone 5se smartfonini, balki 9,7-dyuymli yangi planshetini namoyish qiladi. Bu haqda 9to5mac so portali xabar bermoqda. Yangi planshet iPad Air 3 deb nomlanishi taxmin qilinmoqda.

Apple kompaniyasi iPad planshetini oxirgi marta 2014 yil oktabrida yangilagan holda iPad Air 2 planshetini namoyish qilgandi. Shundan beri kompaniya Apple Pencil stilusiga ega katta iPad Pro va iPad mini 4 planshetlarini ishlab chiqdi.
O‘rta formatdagi yangi iPad Air 3 plansheti tashqi ko‘rinishi borasida hoynahoy tubdan o‘zgartirilmaydi, biroq samaradorligi anchagina oshishi kerak.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, planshet qorong‘ida sifatliroq suratga olish uchun orqa panelida vspishka hamda sifatliroq ovoz olish uchun 4 ta dinamik bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, yangi planshetning sinovdan o‘tkazilayotgan prototiplarining ekranlari Apple Pencil stilusi bilan ishlay olishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish