Sport | 16:16 / 28.01.2016
3051
1 daqiqa o‘qiladi

Australian Open. Jokovich Federerni yengib, finalga chiqdi

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Avstraliya ochiq chempionatining (Australian Open) ilk finalchisiga aylandi.

U yarim finalda shveysariyalik tajribali tennischi Rojyer Federerga qarshi 4 setdan iborat bahs o‘tkazdi. Bu safargi qarama-qarshilik Jokovichning 6:1, 6:2, 3:6, 6:3 hisoblaridagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tennis. Australian Open. Erkaklar. Yarim final. Melburn (Avstraliya)
Novak Jokovich (Serbiya, 1) — Rojyer Federer (Shveytsariya, 3) — 6:1, 6:2, 3:6, 6:3

Endi finalda Jokovich Milosh Raonich (Kanada, 13) va Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2) juftligi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.