Serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç Avstraliya oçiq çempionatining (Australian Open) ilk finalçisiga aylandi.

U yarim finalda şveysariyalik tajribali tennisçi Rojyer Federerga qarşi 4 setdan iborat bahs ötkazdi. Bu safargi qarama-qarşilik Jokoviçning 6:1, 6:2, 3:6, 6:3 hisoblaridagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Tennis. Australian Open. Erkaklar. Yarim final. Melburn (Avstraliya)
Novak Jokoviç (Serbiya, 1) — Rojyer Federer (Şveytsariya, 3) — 6:1, 6:2, 3:6, 6:3

Endi finalda Jokoviç Miloş Raoniç (Kanada, 13) va Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2) juftligi ğolibiga qarşi kortga çiqadi.