Jamiyat | 11:10 / 28.01.2016
15521
1 daqiqa o‘qiladi

«Baron» filmi televideniyeda serial ko‘rinishida namoyish etiladi

Yaqindagina premerasi bo‘lib o‘tgan «Baron» filmi televideniye orqali serial sifatida namoyish etiladi. Bu haqda film rejissyori Rustam Sa'diyev «Darakchi» gazetasiga bergan intervyusi ma'lum qilgan.

«Filmning televideniye orqali qachon namoyish etilishi haqida aniq ma'lumot bera olmayman. Ammo uni serial ko‘rinishida bermoqchiman. Ya'ni 6-7 qismdan iborat «Baron» serialida filmga kiritilmagan sahnalarni ham tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi», deydi Sa'diyev.

“Baron”ning yopiq premerasidan so‘ng: taassurotlar va xulosalar

“Baron” filmining davomi suratga olinadimi?

“Baron”ning navbatdagi treyleri e'lon qilindi

Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda "Baron" filmi uchun 1 kunda 4500ta chipta sotildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish