Jamiyat | 14:36 / 28.01.2016
10689
1 daqiqa o‘qiladi
Chimkentlik haydovchi mashinasiga eshak hangrashiga uyg‘un signalizatsiya o‘rnatdi
Chimkentlik topag‘on haydovchi o‘zining temir tulporidan o‘g‘rilarni uzoqqa qochirish uchun unga o‘ziga xos signalizatsiya o‘rnatdi. Avtoulovga begonalar yaqinlashganida u eshakning ovozida hangrashni boshlaydi.
Lekin bu holat boshida aks ta'sir ko‘rsatdi. Notanish odamlar mashinaga yaqinlashib, hangrash ovozini eshitish uchun uni ataylab tepib ko‘rishdi. Bu hol videolavhada qayd etildi.