Jahon | 15:05 / 28.01.2016
2058
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi aviakompaniyalar Eron bilan aviaqatnovlarni tiklamoqchi

Yevropadagi bir qator aviakompaniyalar qariyb 5 yillik tanaffusdan keyin aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press nashri xabar bergan.

Eron fuqarolik aviatsiyasi rahbari o‘rinbosari Muhammad Hodakaramiyning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning British Airways aviatashuvchisi bilan parvozlarni qayta tiklash bo‘yicha muzokara o‘tkazilgan.

Uning qayd etishicha, Eron bilan aviaqatnovlarning tiklanishiga Air France va KLM aviakompaniyalari tomonidan ham qiziqish bildirilgan.

Qayd etilishicha, Iran Air aviakompaniyasi Londonga haftasiga 3 marta, Parij va Amsterdamga 2 martadan reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish