Jahon | 07:52 / 28.01.2016
3737
1 daqiqa o‘qiladi

Independent: Britaniya Saudiya Arabistoniga josuslik qurilmasini sotishga ruxsat bermoqda

Buyuk Britaniya hukumati britan firmalariga Saudiya Arabistoni va Misr kabi davlatlarga kuzatuv olib borish uchun mo‘ljallangan qurilmalarni sotishga ruxsat bermoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya eksport litsenziyalari hukumati ro‘yxatiga iqtibos keltirgan holda The Independent nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya telefon xabarlarini ushlash va turli qurilmalarni buzib kirishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan qurilma va dasturlarni sotadi.

Shuningdek, Britaniya hukumati elektron qurilmalarga kirish va ularni nazorat qilishga imkon beruvchi dasturiy ta'minotni eksport qilishga litsenziya bermoqda.

Nashr tomonidan olingan ma'lumotga ko‘ra, Britaniyaning ma'lumotlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan qurilmalari London inson huquqlari tahqirlanishi uchun qoralaydagan davlatlarda ishlatilishi mumkin.