Texnologiya | 20:49 / 28.01.2016
3708
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda kamuflyajsiz Aston Martin DB11 superkarining ilk suratlari chop etildi

Internetda yangi Aston Martin DB11 superkarining kamuflyajsiz ilk suratlari paydo bo‘ldi. Bu suratlar Autojunk saytida chop etilgan.

Hozircha bu avtomobilning Ispaniyada reklama roligini olish vaqtida olingan bir dona suratigina havola etilgan. Bungacha superkarning faqatgina kamuflyajdagi suratlarini ko‘rish mumkin edi: yanvarda paydo bo‘lgan oxirgi shunday suratlarda avtomobilning havo to‘plagichlari yon oynalar ortida joylashgani va bosh yorug‘lik faralarining shaklini ko‘rish mumkin edi.

DB9 modeli o‘rniga keluvchi DB11 kupesi 600 ot kuchiga erisha oladigan, 12 silindrli, 5.2 litrli ikki turbinali dvigatel bilan jihozlanadi. Bu dvigatel yil boshida model uchun tasdiqlangan. Bundan tashqari, mashina Mercedes-Benz kompaniyasining 8 silindrli va 4 litrli motori bilan ham jihozlanadi.

Yangi mashina mart oyida Jyenevadagi motorshouda namoyish qilinadi.