Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lipetsk viloyatida telefon orqali terakt haqida yolg‘on xabar bergan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi
Rossiyaning Lipetsk viloyatida Qirg‘iziston fuqarosi "telefon terrorizmi" bilan shug‘ullanganlikda ayblanib, sudga tortildi. Bu haqda Rossiyadagi nashrlar xabar yozgan.
Qayd etilishicha, prokuratura bu shaxsni telefon qo‘ng‘irog‘i orqali hududda terakt sodir etilishi haqida yolg‘on ma'lumot berganlikda ayblagan.
Aniqlik kiritilishicha, Lva Tolstogo qishlog‘ida yashovchi bu qirg‘izistonlik mast holatda tuman dispetcherlik markaziga telefon qilib, hududdagi maktabda terakt tayyorlangani haqida aytgan. Bu qo‘ng‘iroqdan keyin politsiya tezkor amaliyot amalga oshirgan va hudud tekshirilgan. Terakt haqda yolg‘on ma'lumot bergan shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan.
U tergov vaqtida bu ishni o‘ziga diqqatni jalb etish maqsadida amalga oshirgani haqida aytib bergan. Unga uzoq vaqtlardan buyon Rossiya fuqaroligini berishmayotganidan arz qilgan.
U o‘z qilmishiga iqror bo‘lgach, dalillar sudga yuborilgan.
Bu shaxsga 200 ming rubl miqdoridagi jarima yoki 3 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanishi mumkin.