Sport | 07:57 / 28.01.2016
5882
1 daqiqa o‘qiladi

Mirjamol Qosimov faoliyatini «Olmaliq»da davom ettirishi mumkin

Toshkentning «Bunyodkor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Mirjamol Qosimov faoliyatini Toshkent viloyatining «Olmaliq» jamoasida davom ettirishi mumkin. Klub rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, futbolchi jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Manbada yozilishicha, jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etgan boshqa bir futbolchi Sergey Rekunga javob berib yuborilgan. Ko‘rikda bo‘lib turgan boshqa futbolchilarning jamoada qolish yoki qolmasligiga ushbu yig‘in yakunida aniqlik kiritiladi.

Hozirda jamoa Toshkentda yig‘in tashkil qilayapti. Ertaga jamoa nazorat uchrashuvi doirasida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.