Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobil muxbir: kechikkan Qorbobo
Erta tongdan yurtimizning ko‘plab hududlarida oppoq qor bilan burkandi. Uzoq kutilgan qorni ko‘pchilik o‘zgacha kayfiyat bilan kutib olishdi. Xususan, jizzaxliklar ushbu kunni kechikkan yangi yilning qoridan ulkan Qor odam yasashdi.
Qorboboning uzunligi ikki metrdan ziyod bo‘lib, tez orada ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Yangi yil ayyomida qorsiz archa va Qorbobolar bilan rasmga bugungidek odam tushmagandi, deyishmoqda atrofdagilar. Quyida ushbu Qorbobo bilan rasmga tushganlarni e'tiboringizga havola etamiz.
Jizzaxdan jamoatchi muxbirimiz Akmal Binokulov