Jahon | 10:19 / 28.01.2016
2118
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjon va Tojikiston o‘rtasidagi bojxona rasmiyatchiligi yengillashtiriladi

2016 yilning 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Dushanbedagi elchisi Abbosali Hasanov Tojikiston hukumati qoshidagi bojxona xizmati rahbari Abdufattoh G‘oyib bilan uchrashdi. Bu haqda elchixona ma'lumotiga tayangan holda Trend agentligi yozmoqda.

Uchrashuvda 2007 yili imzolangan bojxona sohasidagi o‘zaro yordam va hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuv shu yo‘nalishdagi munosabatlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi alohida ta'kidlandi. Bundan tashqari, Hasanov ozarbayjonlik tadbirkorlar uchun bojxona rasmiyatchiligini yengillashtirishni taklif qildi.

G‘oyib, o‘z navbatida, bu ishni amalga oshirish uchun ikki davlat o‘rtasidagi axborot almashinuvi bo‘yicha qo‘shimcha bayonnoma imzolanishi kerakligi haqida aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish